Уголовно-исполнительный кодекс

91-modda. Mahkumlarning dam olish vaqti

(91-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 12 декабрдаги 568–II-сон Қонунига мувофиқ иккинчи ва учинчи қисмлари билан алмаштирилган — Олий Мажлис Ахборотномаси, 2004 й., 1-2-сон, 18-модда)

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, mehnatga jalb etilgan mahkumlarga har haftada kamida bir dam olish kuni beriladi. Ular bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishdan ozod qilinadi. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga har yilgi mehnat ta'tili berilmaydi, jazoni manzil-koloniyalarda o'tayotganlar bundan mustasno. Manzil-koloniyalardagi mahkumlar muddati o'n besh ish kunidan iborat haq to'lanadigan har yilgi mehnat ta'tiliga chiqish huquqiga ega. Ta'til ushbu Kodeksning 82-moddasida belgilangan tartibda manzil-koloniya doirasidan chetga chiqish huquqi bilan beriladi. Mahkum jazoni ijro etish koloniyasining intizomiy bo'linmasi turar joylarida saqlangan vaqt haq to'lanadigan har yilgi mehnat ta'tili berish uchun zarur muddatga qo'shib hisoblanmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.