Mahkumlar quyidagi huquqlarga ega:
jazoni o'tash tartibi va shartlari to'g'risida, o'z huquqlari va majburiyatlari haqida axborot olish;
jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma'muriyatiga, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalariga o'z ona tilida yoki boshqa tilda taklif, ariza va shikoyatlar bilan murojaat etish;
o'z taklif, ariza va shikoyatlariga murojaat etilgan tilda javob olish. Murojaat etilgan tilda javob berishning iloji bo'lmagan taqdirda javob O'zbekiston Respublikasining davlat tilida beriladi. Javobni intizomiy qismga jo'natish va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs murojaat etgan tilga tarjima qilib berish jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ tomonidan ta'minlanadi;
O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib bo'lingan bo'lsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etish;
tushuntirish berish hamda yozishmalar olib borish, zarur hollarda tarjimonning shu jumladan surdotarjimonning xizmatidan foydalanish;
o'quv, badiiy va boshqa xil axborot materiallaridan foydalanish;
sog'lig'ini saqlash, shu jumladan tibbiy xulosaga ko'ra ambulatoriya-poliklinika va statsionar sharoitda tibbiy yordam olish;
ob-havo sharoiti yo'l qo'ysa, ishdan bo'sh vaqtida toza havoda jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish;
jazoni ijro etish muassasasining psixologik xizmat ko'rsatish xodimlari tomonidan ko'rsatiladigan psixologik yordamni olish. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning psixologik yordam ko'rsatish bilan bog'liq tadbirlarda ishtirok etishi faqat ularning roziligi bilan amalga oshiriladi;
mehnat to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq xavfsiz mehnat sharoitiga ega bo'lish, dam olish, ta'tilga chiqish, shuningdek mehnatiga haq to'lanishi;
ijtimoiy ta'minot, shu jumladan qonunchilikka muvofiq pensiya olish.
Mahkum ajnabiy fuqarolar shuningdek o'z davlatlarining diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan, O'zbekiston Respublikasida diplomatiya va konsullik muassasalari bo'lmagan mamlakatlarning fuqarolari esa, ularning manfaatlarini himoya qilishni o'z zimmasiga olgan davlatning diplomatiya vakolatxonalari bilan aloqa qilib turish huquqiga ega.
Ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan va uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida hamda referendumda ishtirok etish huquqiga ega.
Agar og'ir va o'ta og'ir jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida hamda referendumda ishtirok etish huquqidan qonunga muvofiq va sudning hukmi asosida mahrum etilgan bo'lmasa, ular ushbu saylovlarda va referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo'ladi.
Mahkumlarning huquqlarini ro'yobga chiqarish tartibi ushbu Kodeks, boshqa qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnУголовно-исполнительный кодекс
9-modda. Mahkumlarning asosiy huquqlari
(9-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 28 августдаги ЎРҚ-948-сонли Қонунига асосан бешинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.08.2024 й., 03/24/948/0667-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.