Уголовно-исполнительный кодекс

82-modda. Mahkumlarning alohida hollarda muassasa doirasidan chetga chiqishi

(82-модда учинчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 июлдаги ЎРҚ-99-сонли Қонуни таҳририда — Олий Мажлиси палаталарининг Ахборотномаси, 2007 й., 6-сон, 248-модда)

Mahkumlarga alohida hollar (yaqin qarindoshining vafoti yoki hayoti uchun xavfli bo'lgan og'ir kasalligi, mahkumga yoki uning oilasiga jiddiy moddiy zarar yetkazgan voqea) munosabati bilan borish-kelish uchun ketadigan vaqtni (to'rt sutkagacha) hisobga olmagan holda, yetti sutkagacha bo'lgan muddatga jazoni ijro etish muassasasi doirasidan chetga chiqishga ruxsat etilishi mumkin. Mahkumlarga O'zbekiston Respublikasi doirasida chetga chiqishga ruxsat etiladi. Mahkumning chetga chiqishga ruxsat so'rab yozgan arizasini muassasa ma'muriyati bir sutka ichida ko'rib chiqadi. Bu haqda mahkumning shaxsi, xulq-atvori, tasdiqlovchi hujjatlar bor-yo'qligidan kelib chiqib qaror qabul qilinadi. Chetga chiqishga beriladigan ruxsatnoma prokuror tomonidan tasdiqlanadi. Quyidagilarga: o'ta xavfli retsidivistlar; umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar; o'ta og'ir jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslar; majburiy davolanishdan o'tayotgan va yuqumli kasallikka chalingan mahkumlarga chetga chiqishga ruxsat berilmaydi. Chetga chiqish vaqti jazoni o'tash muddati hisobiga qo'shiladi. Chetga chiqish bilan bog'liq xarajatlar mahkum mablag'lari hisobidan yoki boshqa shaxslar tomonidan to'lanadi. Mahkumning belgilangan muddatda joyiga qaytib kelishini qiyinlashtiruvchi kutilmagan hollar yuz bergan taqdirda u borgan joydagi ichki ishlar organi boshlig'ining qaroriga binoan qaytish muddati, jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyatini albatta ogohlantirgan holda, besh sutkagacha uzaytirilishi mumkin. Mahkum belgilangan muddatda joyiga qaytishdan bo'yin tovlagan taqdirda u ichki ishlar organi tomonidan ushlanadi va jazoni o'tash joyiga jo'natiladi. Mahkumlarning muassasa doirasidan chetga chiqish tartibi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.