Уголовно-исполнительный кодекс

79-modda. Mahkumlarning yozishmalari

(79-модданинг саккизинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 30 июндаги ЎРҚ-625-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 01.07.2020 й., 03/20/625/1007-сон)

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar cheklanmagan miqdorda xat va telegrammalar olishlari hamda jo'natishlari mumkin. Mahkumlarning xatlari va boshqa jo'natmalari tsenzuradan o'tkaziladi, jazoni manzil-koloniyalarda o'tayotgan shaxslarning xatlari va boshqa jo'natmalari bundan mustasno. Mahkumlarga xatlarni topshirish va ularning xatlarini ko'rsatilgan manzilga jo'natish muassasa ma'muriyati tomonidan xat kelib tushgan yoki jo'natish uchun topshirilgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida amalga oshiriladi. Telegrammalar egalariga darhol topshiriladi va jo'natiladi. Xatlar va boshqa jo'natmalar olish hamda yuborish, shuningdek ularni tsenzuradan o'tkazish tartibi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. Mahkumlarning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo'yicha vakilining (ombudsmanning) hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakilning nomiga yuborilgan murojaatlari muassasa ma'muriyati tomonidan ko'zdan kechirilishi mumkin emas hamda yigirma to'rt soatdan kechiktirmay tegishli vakilga yuboriladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakilning javobi ko'zdan kechirilishi mumkin emas hamda arizachiga darhol yetkazib beriladi. Ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar o'rtasida xat yozishmalari faqat o'zaro qarindoshlar o'rtasida va muassasa ma'muriyatining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin. Prokuror yoki sud nomiga yo'llangan taklif, ariza va shikoyatlar ko'zdan kechirilmaydi hamda bir sutkalik muddat ichida tegishliligi bo'yicha jo'natiladi. Xavfsizlik choralarini qo'llash haqidagi yoki ularni qo'llashni rad etish to'g'risidagi qarorlar ustidan shikoyatlar tegishliligi bo'yicha darhol jo'natiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.