Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarga ularning ixtiyoriga ko'ra masofali video-uchrashuvlar yoki telefon orqali so'zlashuvlar huquqi beriladi.
Umumiy, qattiq, maxsus tartibli koloniyalarda, tarbiya koloniyalarida, turmalarda va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarda jazoni o'tayotgan mahkumlarning masofali video-uchrashuvlari yoki telefon orqali so'zlashuvlari muassasa ma'muriyati nazorati ostida o'tkaziladi hamda ularning haqi mahkumning shaxsiy hisobvarag'idan to'lanadi.
Masofali video-uchrashuvlar yoki telefon orqali so'zlashuvlar miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. Mahkumning iltimosiga ko'ra, mahkum jazoni ijro etish muassasasiga yetib kelganidan keyin, shuningdek alohida hollarda unga qo'shimcha ravishda masofali video-uchrashuvga yoki telefon orqali so'zlashuvga ruxsat etilishi mumkin.
Intizomiy bo'linmalarda saqlanayotgan mahkumlarga faqat alohida hollarda masofali video-uchrashuvga yoki telefon orqali so'zlashuvga ruxsat etilishi mumkin.
Ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning masofali video-uchrashuvlari yoki telefon orqali o'zaro so'zlashuvlari taqiqlanadi.
Mahkumlarga masofali video-uchrashuvlarga yoki telefon orqali so'zlashuvlarga ruxsat etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnУголовно-исполнительный кодекс
77-modda. Mahkumlarning masofali video-uchrashuvlari yoki telefon orqali so'zlashuvlari
(77-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 15 январдаги ЎРҚ-1112-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.01.2026 й., 03/26/1112/0045-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.