Уголовно-исполнительный кодекс

25⁴-modda. Tashkilot (organ) ma'muriyatining hukmni ijro etish borasidagi majburiyatlari

(25⁴-модданинг олтинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 августдаги ЎРҚ-938-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.08.2024 й., 03/24/938/0591-сон)

Mahkumlar tomonidan majburiy jamoat ishlari o'taladigan joydagi (ob'yektdagi) tashkilotning (organning) ma'muriyati: majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarni tashkil etishi; ishlarni bajarish uchun tegishli sharoitlarni ta'minlashi; mahkumlarni jazoni o'tash soatlariga mos bo'lgan ish hajmi bilan ta'minlashi; mahkumlar tomonidan o'zlari uchun belgilangan ishlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi; probatsiya bo'linmasiga mahkumlar tomonidan ishlab berilgan soatlar miqdori, ular bajargan ishlarning sifati va mahkumlarning xulq-atvori haqida ma'lumotlar taqdim etishi; mahkumlar majburiy jamoat ishlarini bajarish bilan bog'liq holda mayib bo'lgan taqdirda, ularga qonunchilikda belgilangan tartibda zararning o'rnini qoplash choralarini ko'rishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.