Уголовно-исполнительный кодекс

188-modda. Bemor qochib ketgan yoki vafot etgan taqdirda shifoxona ma'muriyatining harakati

Majburiy davolanishda bo'lgan bemor qochib ketgan taqdirda ruhiy kasalliklar shifoxonasi ma'muriyati zudlik bilan uni qidirib topish choralarini ko'rishi hamda bu haqda shifoxona joylashgan yerdagi va bemor, uning qarindoshlari yoki vasiylari yashaydigan joydagi prokurorni, ichki ishlar organlarini, psixonevrologiya dispanserini, shuningdek majburiy davolash chorasini tayinlagan sudni xabardor qilishi shart. Majburiy davolanishda bo'lgan bemor vafot etganligi to'g'risida ruhiy kasalliklar shifoxonasi ma'muriyati uning qarindoshlari yoki vasiylarini, prokuror va sudni, shuningdek bemor yashagan joydagi psixonevrologiya dispanserini xabardor qiladi. Vafot etgan bemor jasadini berish shartlari va tartibi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.