Уголовно-исполнительный кодекс

182-modda. Jazo bilan birga tayinlangan tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash tartibi

(182-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 12 сентябрдаги ЎРҚ-567-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.09.2019 й., 03/19/567/3737-сон)

Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yo'liqqan mahkumlarga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov choralari quyidagi tartibda qo'llaniladi: jamiyatdan batamom ajratib qo'yish bilan bog'liq bo'lmagan jazolarga hukm qilingan shaxslarga — sog'liqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan umumiy asoslarda; ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxslarga — jazoni o'tash joyida, ozod etilganlaridan so'ng davolashni davom ettirish zarurati bo'lganda esa — sog'liqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan umumiy asoslarda. Ruhiy holati aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda buzilgan mahkumlarga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov choralari quyidagilarga nisbatan qo'llaniladi: jamiyatdan batamom ajratib qo'yish bilan bog'liq bo'lmagan jazo choralariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan — sog'liqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan; ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxslarga nisbatan — jazoni o'tash joyida, ozod etilganidan keyin davolashni davom ettirish zarur bo'lganda esa, sog'liqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan umumiy asoslarda.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.