Axloq tuzatish ishlari muddati tugayotgan kuni probatsiya bo'linmasi jazoni o'tagan shaxsni va u ishlayotgan korxona, muassasa yoki tashkilot ma'muriyatini ish haqidan chegirib qolishni tugatish va boshqa cheklashlarni olib tashlash to'g'risida xabardor qiladi.
Jazoni ijro etish muassasasi ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar ozod etilayotganda ular bilan to'la hisob-kitob qiladi, ularning shaxsiy hujjatlari, buyumlari va boshqa qimmatli narsalarini, shuningdek shaxsiy hisobvaraqlarida turgan pullarini qaytarib beradi hamda jazoni o'tab bo'lganlik yoki jazodan ozod qilinganlik to'g'risida belgilangan namunada ma'lumotnoma beradi.
Sil kasalligiga duchor bo'lgan shaxslarning ozod qilinganligi to'g'risidagi ma'lumotnomalarga belgilangan namunadagi shtamp qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matnУголовно-исполнительный кодекс
169-modda. Hisob-kitob tartibi, hujjatlarni va shaxsiy buyumlarni berish
(169-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 августдаги ЎРҚ-938-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.08.2024 й., 03/24/938/0591-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.