Jinoyat kodeksi 73-moddasining to'rtinchi qismida ko'rsatilgan mahkumning (bundan umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar mustasno) ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o'tash davrida kitob o'qiganligi faktini aniqlash uning jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyatiga bergan arizasiga asosan, jazoni ijro etish muassasasi xodimlaridan, shuningdek jamoatchilik vakillaridan iborat komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya tarkibiga jamoatchilik vakillaridan, qoida tariqasida, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, jamoat tashkilotlarining hayotiy tajribaga va aholi o'rtasida obro'-e'tiborga ega bo'lgan vakillari kiradi.
Komissiya yig'ilishi yiliga kamida ikki marta o'tkaziladi.
Imtihon natijalari bo'yicha komissiya tomonidan mahkumning kitob o'qiganligi faktini tasdiqlash haqida xulosa qabul qilinadi.
Komissiya xulosasi mahkumning shaxsiy yig'majildiga qo'shib qo'yiladi. Xulosaning ko'chirma nusxasi prokurorga yuboriladi, mahkumga imzo qo'ydirib topshiriladi, shuningdek mahkumning himoyachisiga uning so'roviga ko'ra beriladi.
Mahkumning kitob o'qiganligi faktini tasdiqlash haqida xulosa qabul qilinganda jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyati sudga jazoni o'tash muddatini mahkum tuzalish yo'liga o'tganligi munosabati bilan qisqartirish to'g'risida taqdimnoma yuboradi.
Mahkum yoki uning himoyachisi komissiya xulosasidan norozi bo'lgan taqdirda iltimosnoma bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Mahkum tuzalish yo'liga o'tganligi munosabati bilan uning jazoni o'tash muddatini qisqartirish Jinoyat-protsessual kodeksining 536²-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiyaning faoliyatini tashkil etish, shuningdek mahkumni imtihondan o'tkazish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnУголовно-исполнительный кодекс
164¹-modda. Jazoni o'tash muddatini mahkum tuzalish yo'liga o'tganligi munosabati bilan qisqartirishga taqdim etish tartibi
(164¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 15 январдаги ЎРҚ-1114-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.01.2026 й., 03/26/1114/0047-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 17 апрель)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.