Уголовно-исполнительный кодекс

137-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o'tash shartlari

(137-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 15 январдаги ЎРҚ-1112-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.01.2026 й., 03/26/1112/0045-сон)

Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan bitta mahkumga to'g'ri keladigan yashash maydoni normasi to'rt kvadrat metrdan kam bo'lishi mumkin emas. Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni qattiq saqlash sharoitlarida o'tayotgan mahkumlar o'z shaxsiy hisobvarag'ida mavjud bo'lgan mablag'lardan belgilangan mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 26,5 foizigacha bo'lgan summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta qisqa muddatli uchrashuv, bir marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali so'zlashuv, bitta posilka yoki yo'qlov, bitta banderol olish huquqiga ega. Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni odatdagi saqlash sharoitlarida o'tayotgan mahkumlar o'z shaxsiy hisobvarag'ida mavjud bo'lgan mablag'lardan qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 35,2 foizigacha miqdordagi summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta uzoq muddatli va bir marta qisqa muddatli uchrashuv, ikki marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali so'zlashuv, ikkita posilka yoki yo'qlov, ikkita banderol olish huquqiga ega. Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida o'tayotgan mahkumlar o'z shaxsiy hisobvarag'ida mavjud bo'lgan mablag'lardan belgilangan mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 52,7 foizigacha miqdordagi summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta uzoq muddatli va ikki marta qisqa muddatli uchrashuv, uch marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali so'zlashuv, uchta posilka yoki yo'qlov, uchta banderol olish huquqiga ega. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar, saqlash sharoitlaridan qat'i nazar, har kuni bir yarim soatgacha sayr qilish huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.