Tarbiya koloniyalarida mahkumlar ushbu Kodeksning 102-moddasida nazarda tutilgan rag'batlantirish choralaridan tashqari:
muassasa hududidan tashqarida o'tkaziladigan madaniy-tomosha va sport tadbirlarini ko'rishga yuborish;
qisqa muddatli uchrashuv o'rniga ota-onasi, ularning o'rnini bosuvchi shaxslar yoki yaqin qarindoshlari kuzatuvida sakkiz soatgacha bo'lgan muddatga erkinlikka chiqarish;
hibsxonada bo'lish muddatini qisqartirish va undan muddatidan ilgari ozod qilish tariqasida rag'batlantirilishlari mumkin.
Jazoni o'tash tartibini buzganligi uchun tarbiya koloniyalarida mahkumlarga ushbu Kodeksning 105-moddasida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralaridan tashqari tomoshaga borishdan bir marta mahrum etish tariqasidagi jazo qo'llanilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnУголовно-исполнительный кодекс
126-modda. Tarbiya koloniyalarida qo'llaniladigan qo'shimcha rag'batlantirish va intizomiy jazo choralari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.