Уголовно-исполнительный кодекс

118-modda. Qattiq tartibli koloniyalarda jazoni o'tash tartibi

(118-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 15 февралдаги ЎРҚ-817-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.02.2023 й., 03/23/817/0091-сон)

Qattiq tartibli koloniyalarda jazoni: mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; turmalar va maxsus tartibli koloniyalardan rag'batlantirish tarzida o'tkazilgan mahkumlar; sud tomonidan tayinlangan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini o'taganidan so'ng turmalardan o'tkazilgan mahkumlar; sud tomonidan manzil-koloniyalardan intizomiy jazo tarzida qaytarilgan mahkumlar; qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ilgari o'tagan va qasddan jinoyat sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazoga qayta hukm qilinib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tartibida sudning ajrimi asosida yuborilgan mahkumlar o'taydi. Tuzalish yo'liga o'tgan mahkumlar ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o'tkaziladi. Qattiq tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga o'tkazilgan mahkumlar jazoni bu yerga o'tkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida o'taydilar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.