Уголовно-исполнительный кодекс

116-modda. Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni o'tash tartibi

(116-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 15 февралдаги ЎРҚ-817-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.02.2023 й., 03/23/817/0091-сон)

Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni: mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; ushbu Kodeksning 129-moddasida nazarda tutilgan hollarda tarbiya koloniyalaridan o'tkazilgan mahkumlar; sud tomonidan manzil-koloniyalardan intizomiy jazo tarzida o'tkazilgan mahkumlar; qasddan og'ir va o'ta og'ir jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tartibida sudning ajrimi asosida yuborilgan mahkumlar; rag'batlantirish tarzida yoki sud tomonidan tayinlangan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini o'taganidan keyin turmalardan o'tkazilgan mahkumlar o'taydi. Tuzalish yo'liga o'tgan mahkumlar ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o'tkaziladi. Umumiy tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga o'tkazilgan mahkumlar jazoni bu yerga o'tkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida o'taydilar. Tarbiya koloniyasidan o'tkazilgan mahkumlar jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitida o'taydilar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.