Manzil-koloniyalarda mahkumlar:
soqchisiz, ammo nazorat ostida saqlanadilar;
ertalab o'rindan turishdan kechki yotishgacha bo'lgan vaqt mobaynida koloniya hududi doirasida erkin yurish huquqidan foydalanadilar;
agar ular bajarayotgan ish yoki olayotgan ta'lim taqozo etsa, ma'muriyatning ruxsati bilan koloniya hududidan tashqarida nazoratsiz yurishlari mumkin;
fuqarolar kiyadigan kiyimda yuradilar;
pul va qimmatli buyumlarni saqlashi, ulardan cheklanmagan miqdorda foydalanishi mumkin;
ishdan bo'sh vaqtda cheklanmagan miqdorda telefon orqali so'zlashishlari, posilka, yo'qlov va banderollar olishlari hamda jo'natishlari mumkin;
o'z shaxsiy mablag'lari hisobiga xarid qilingan oziq-ovqat mahsulotlaridan va yo'qlovlardagi mahsulotlardan mustaqil ravishda ovqat tayyorlashni amalga oshiradi.
Mahkumlar cheklanmagan miqdorda qisqa muddatli uchrashuvlar, yil mobaynida yigirma to'rt marta uzoq muddatli uchrashuv va yigirma to'rt marta masofali video-uchrashuv olish huquqiga ega. Uchrashuvlar, qoida tariqasida, ishdan bo'sh vaqtda beriladi. Manzil-koloniya hududida uzoq muddatli uchrashuv o'tkazish imkoniyati bo'lmasa, uchrashuv mahkumning arizasiga binoan manzil-koloniya hududidan tashqarida, ushbu koloniya joylashgan tuman (shahar) hududida o'tkazilishi mumkin.
Mahkumlar xonalarga bo'lingan yotoqxonalarda yashaydilar. Saqlash rejimini buzmagan, oilasi bor mahkumlarga muassasa boshlig'i qaroriga binoan manzil-koloniya hududida yoki manzil-koloniya joylashgan tuman (shahar) hududida oilasi bilan alohida yashashga ruxsat berilishi mumkin. Bunday shaxslar ichki tartib qoidalarida belgilab qo'yilgan tartibda ro'yxatdan o'tish uchun hozir bo'lishlari shart. Manzil-koloniya ma'muriyatining vakili mahkumlar yashayotgan joyga sutkaning istalgan vaqtida kirishi mumkin.
Manzil-koloniya hududidan tashqarida yashash huquqi Jinoyat kodeksi 73-moddasi to'rtinchi qismining «v» va «g» bandlarida ko'rsatilgan mahkumlarga berilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnУголовно-исполнительный кодекс
114-modda. Manzil-koloniyalarda jazoni o'tash shartlari
(114-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 15 январдаги ЎРҚ-1112-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.01.2026 й., 03/26/1112/0045-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.