Jinoyat-ijroiya qonunchiligi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanadi hamda ushbu Kodeksdan, shuningdek unga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat bo'ladi.
Jinoyat-ijroiya qonunchiligi:
jinoiy jazoni, boshqa jinoyat-huquqiy ta'sir choralarini ijro etish printsiplari, tartibi va shartlarini;
mahkumlarning huquqiy maqomini;
mahkumlarni axloqan tuzatish vositalari hamda ularni qo'llash tartibini;
mahkumlarni jazoni o'tashdan ozod qilish tartibini;
jazoni ijro etuvchi muassasa va organlar faoliyati tartibini;
mahkumlarni axloqan tuzatishda davlat hokimiyati va fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, korxona, muassasa, tashkilotlarning, jamoat birlashmalari va fuqarolarning ishtirokini belgilaydi.
lex.uz’dagi asl matnУголовно-исполнительный кодекс
1-modda. Jinoyat-ijroiya qonunchiligi
(1-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.