«Jamoat birlashmalari to'g'risida»gi qonun

9-modda. Jamoat birlashmasiga a'zolik

(9-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 1992 йил 3 июлдаги 664-XII-сон Қонуни таҳририда — Олий Кенгаш Ахборотномаси, 1992 й., 9-сон, 363-модда)

O'zbekiston Respublikasi fuqarolari jamoat birlashmasi a'zolari (qatnashchilari) bo'ladilar. Siyosiy partiyalardan tashqari jamoat birlashmalarining ustavida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning birlashmaga a'zo bo'lishlari ko'zda tutilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasining o'n sakkiz yoshga to'lgan fuqarolari jumhuriyat siyosiy partiyalarining a'zolari bo'lishlari mumkin. Bir siyosiy partiyaning a'zosi ayni vaqtda boshqa siyosiy partiyaning a'zosi bo'la olmaydi. Siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalaridan tashqari jamoat birlashmalarining faoliyatida ularning ustavlarida ko'zda tutilgan hollarda jamoa a'zolari: korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mehnat jamoatlari, fuqarolarning birlashmalari ishtirok etishlari mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.