«Jamoat birlashmalari to'g'risida»gi qonun

15-modda. Jamoat birlashmalarining huquqlari

(15-модда учинчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Jamoat birlashmalari qonun oldida tengdirlar. Jamoat birlashmalarining huquqlari ularning ustavlarida qayd etiladi. Jamoat birlashmalari ustavlarda, dasturiy, boshqa hujjatlarda belgilangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun o'z maqsadlari va faoliyati to'g'risidagi axborotni erkin tarqatadi, qonunchilikda ko'zda tutilgan xollarda va tartibda esa: davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarini tuzishda qatnashadi; davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining qarorlarini tayyorlashda ishtirok etadi; davlat va jamoat idoralarida o'z a'zolari (qatnashchilari) nomidan ish yuritadi va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qiladi; ushbu Qonunda hamda O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlarida Qoraqalpog'iston Respublikasida esa — Qoraqalpog'iston Respublikasining ham o'zga qonunchiligida ko'zda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.