O'zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va uning hududiy organlari iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida o'z vakolatlari doirasida:
iste'molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosati ishlab chiqilishini va uning amalda ro'yobga chiqarilishini amalga oshiradi;
davlat organlarining va tashkilotlarning iste'molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
iste'molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) nazorat xaridi amalga oshirilishini, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ularning ekspertizadan (testdan) o'tkazilishini tashkil etadi;
iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonunchilikning buzilishi faktlari mavjud bo'lgan taqdirda, tadbirkorlik sub'yektlarida (moliyaviy-xo'jalik faoliyatiga aralashmagan holda) tekshirishlarni o'tkazadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining, shuningdek qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning iste'molchilarga tartibga solish ta'sirini baholashdan o'tkazadi;
iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonunchilikning qo'llanilishiga doir masalalar yuzasidan rasmiy tushuntirishlar beradi;
iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonunchilikni buzish alomatlari aniqlangan taqdirda, ishlab chiqaruvchidan (ijrochidan, sotuvchidan) zarur hujjatlarni, tushuntirishlarni va boshqa axborotni so'rab oladi;
iste'molchilarning huquqlarini buzayotgan kamchiliklarni bartaraf etish to'g'risida ishlab chiqaruvchiga (ijrochiga, sotuvchiga) ko'rsatma yuboradi;
iste'molchilar huquqlarining buzilishi bilan bog'liq masalalarni sudga qadar hal qilishni tashkil etishga ko'maklashadi;
sud majlislarida iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish masalalari bo'yicha mutaxassis sifatida belgilangan tartibda ishtirok etadi;
iste'molchilarning (iste'molchilar nomuayyan doirasining) huquqlarini himoya qilib, sudga murojaat etish huquqiga ega;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn«Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonun
25-modda. O'zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va uning hududiy organlari
(25-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 18 январдаги ЎРҚ-746-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.01.2022 й., 03/22/746/0032-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.