Tovar (ish, xizmat)ning tuzilishiga, ishlab chiqarilishiga, tarkibiga bog'liq bo'lgan va boshqa nuqsonlari, shuningdek iste'molchining hayoti, sog'lig'i yoki mol-mulkining xavfsizligini ta'min eta olmaydigan materiallar, uskunalar, asbob-anjomlar, moslamalar yoki boshqa vositalar qo'llanilishi oqibatida iste'molchining hayotiga, sog'lig'i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim.
Muvofiqlikni baholash qoidalarini buzish natijasida iste'molchining hayoti va sog'lig'iga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zararning o'rnini qoplashda muvofiqlikni baholash organi sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan birga solidar javobgar bo'ladi.
Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan shartnoma munosabatlariga kirishgan-kirishmaganidan qat'i nazar, har qanday iste'molchi tovar (ish, xizmat)ning nuqsoni tufayli yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
Iste'molchining hayoti, sog'lig'i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, agar u normativ hujjatlarda nazarda tutilgan tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati mobaynida, bunday muddat belgilanmagan taqdirda esa, tovar ishlab chiqarilgan (ish, xizmat qabul qilingan) paytdan e'tiboran o'n yil mobaynida yuzaga kelgan bo'lsa, qoplanishi lozim.
Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) zarar bartaraf qilib bo'lmaydigan kuch yoki foydalanish, saqlash yoxud tashishning belgilangan qoidalari iste'molchi tomonidan buzilishi tufayli yetkazilganligini isbotlasa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.
Tovarda (ishda, xizmatda) nuqsonlar borligi va uning normativ hujjatlar talablariga muvofiq emasligi tasdiqlangan taqdirda, sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) tekshiruv (test, ekspertiza) o'tkazgan iste'molchiga yoki iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bo'yicha vakolatli davlat organlariga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) tekshirish (testdan o'tkazish, ekspertiza qilish) bilan bog'liq xarajatlarning o'rnini to'liq qoplashi kerak.
lex.uz’dagi asl matn«Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonun
20-modda. Tovar (ish, xizmat)ning nuqsonlari tufayli yetkazilgan zarar uchun mulkiy javobgarlik
(20-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 октябрдаги ЎРҚ-1088-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.10.2025 й., 03/25/1088/0948-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 19 январь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.