Iste'molchi maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan e'tiboran o'n kun ichida ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga bunday tovar sotuvda bo'lmasa, pulini qaytarib olishga haqli.
Agar tovardan foydalanilmagan, u shikastlanmagan, qadog'i bilan qaytarilgan bo'lsa, uning iste'mol xususiyatlari saqlangan va ushbu sotuvchidan sotib olganligini tasdiqlovchi asoslar bo'lsa, iste'molchining tovarni almashtirish yoxud qaytarib olish haqidagi talabi qanoatlantirilishi lozim.
Agar taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, iste'molchi tomonidan to'langan pul summasini unga qaytarish tovar uchun haq to'lash qanday shaklda amalga oshirilgan bo'lsa, xuddi shunday shaklda amalga oshiriladi.
Almashtirib olish tartibi va almashtirib berilmaydigan tovarlar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Hukumati tasdiqlaydigan qoidalar bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonun
18-modda. Iste'molchining maqbul sifatli tovarni almashtirib olish huquqi
(18-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 18 январдаги ЎРҚ-746-сонли Қонунига асосан иккинчи ва учинчи қисмлар билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.01.2022 й., 03/22/746/0032-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.