«Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonun

10-modda. Tovar (ish, xizmat)lar uchun haq to'lash shakli hamda tartibi

(10-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 18 январдаги ЎРҚ-746-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.01.2022 й., 03/22/746/0032-сон)

Tovar (ish, xizmat)lar uchun haq to'lash shakli hamda tartibi iste'molchi bilan sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) o'rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Tovarlarni kreditga sotish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Oldi-sotdi amalga oshirilganda iste'molchiga kassa yoki tovar cheki beriladi. Tovarni kassa yoki tovar chekini bermasdan sotish taqiqlanadi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun haq to'lash naqd pulli yoki naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi mumkin. Sotuvchining (ijrochining) haq to'lash shakliga qarab tovarning ayni bir markasi (modeli, artikuli), shuningdek bir xil hajmdagi va sifatdagi ishlar, xizmatlar uchun har xil narxlar (tariflar) belgilashi, shu jumladan ularni sun'iy ravishda oshirishi yoki pasaytirishi taqiqlanadi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun naqd pulsiz shaklda haq to'langanda, iste'molchilarga rag'batlantirishlar berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Tovar yoki xizmat sotilganda, sotuvchi va xaridor o'rtasida pul to'lash usuli va vaqti haqida kelishma bo'lishi kerak. To'lov naqd pul bilan yoki bank orqali bo'lishi mumkin. Har bir sotuvchi kassa cheki yoki tovar chekini berishi shart, aks holda sotish qonunga zid. Kimga tegishli Bu qoida barcha sotuvchi, ishlab chiqaruvchi va xizmat ko'rsatuvchilarga tegishli. Amalda Dukonda ayakkabi sotuvchi naqd pul bilan sotsa, kassa chekini berishi kerak. Agar plastik karta bilan to'lansa, rag'batlantirishlar (chegirma) berish mumkin, lekin bir xil ayakkabini turli narxlarda sotish taqiqlanadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Iste’molchi talabnomasi (pretenziya)Sotuvchiga yozma talab: qaytarish, almashtirish yoki zararni qoplash.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.