Basharti uy yoki kvartira ipoteka to'g'risidagi shartnoma yoxud qonun asosidagi ipoteka bo'yicha bank, boshqa kredit tashkiloti yoki yuridik shaxs tomonidan shunday uy yoki kvartira olish yoxud qurish uchun berilgan kredit yoki aniq maqsadli qarz qaytarilishini ta'minlash uchun garovga qo'yilgan bo'lsa, ipotekaga oluvchining undiruvni garovga qo'yilgan uy yoki kvartiraga qaratishi va uni realizatsiya qilishi bunday uyda yoki kvartirada birgalikda yashayotgan ipotekaga qo'yuvchining va uning oila a'zolarining, shu jumladan sobiq oila a'zolarining foydalanish huquqi tugatilishiga asos bo'ladi.
Undiruv garovga qo'yilgan uy yoki kvartiraga sud tartibida ham, suddan tashqari tartibda ham ushbu Qonunda belgilangan qoidalarga rioya etilgan holda qaratilishi mumkin.
Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan hamda undiruv qaratilgan uy yoki kvartira ushbu Qonunda belgilangan tartibda realizatsiya qilinadi.
Garovga qo'yilgan uy yoki kvartirani bo'shatib berish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn65-modda. Undiruvni garovga qo'yilgan uy yoki kvartiraga qaratish
(65-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Bank yoki kredit tashkiloti uy-joyni ipoteka sifatida garovga olgan bo'lsa, qarz to'lanmasa, shu uy yoki kvartirani sotib yuborishi mumkin. Buning natijasida u yerda yashaydigan odam va uning oilasi o'sha uydan chiqib ketishi kerak bo'ladi. Uy-joy sotilgandan keyin pul qarzni to'lashga ishlatiladi.
Kimga tegishli
Bu qoida ipoteka shartnomasi bo'yicha bank, kredit tashkiloti va uy-joy egasiga tegishli.
Amalda
Javon 500 million so'mga uy sotib oldi va bankdan qarz oldi. Qarzni to'lay olmay, 2 yil o'tdi. Bank uyni garovga olgan bo'lgani uchun uni sudda sotib yuborish huquqiga ega. Uy sotilsa, pul qarzni to'lashga ishlatiladi va Javon oilasi o'sha uydan chiqib ketishi kerak.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.