Ipoteka to'g'risidagi qoidalar qo'llaniladigan huquqlar ipotekasida ipoteka narsasini realizatsiya qilish ipotekaga qo'yuvchi garovga qo'yilgan huquqdan kelib chiqadigan talabdan ipotekaga oluvchi foydasiga voz kechishi orqali sud tartibida, shuningdek suddan tashqari tartibda agar ipoteka to'g'risidagi shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa, yoki undiruvni ipoteka narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin ipotekaga oluvchining ipotekaga qo'yuvchi bilan notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida amalga oshiriladi.
Ipoteka to'g'risidagi qoidalar qo'llaniladigan huquqlarni realizatsiya qilish ushbu Qonunning o'ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Undiruv yer uchastkasi ijarasiga doir huquqlarga qaratilgan taqdirda, qonunchilikka muvofiq tanlov o'tkaziladi, mazkur tanlovni o'tkazish tartibi va shartlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Ipoteka to'g'risida»gi qonun
56-modda. Garovga qo'yilgan huquqlarni realizatsiya qilish
(56-модданинг иккинчи ва учинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.