Ipotekaga qo'yuvchi fuqaro (jismoniy shaxs) bo'lgan hollarda, basharti garov bu fuqaroning (jismoniy shaxsning) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog'liq bo'lmasa, u ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha qanday mol-mulkni garovga qo'yganidan qat'i nazar, uzrli sabablar bo'lgan taqdirda, sudning qaroriga ko'ra undiruvni ijroga qaratish ipotekaga qo'yuvchining arizasiga muvofiq sud tomonidan bir yilgacha muddatga kechiktirilishi mumkin.
Undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish ijrosini kechiktirish bu mol-mulk ipotekasi bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha taraflarning huquq va majburiyatlariga daxl etmaydi hamda qarzdorni kreditorning kechiktirish davri mobaynida ko'paygan zararlarini o'rnini qoplashdan, kreditorga tegishi kerak bo'lgan foizlar va neustoykani to'lashdan ozod qilmaydi.
Agar qarzdor unga kechiktirish tufayli berilgan vaqt doirasida kreditorning ipoteka bilan ta'minlangan talablarini mazkur talablarni qanoatlantirish paytidagi hajmda qanoatlantirsa, sud ipotekaga qo'yuvchining arizasiga ko'ra, undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish to'g'risidagi qarorini bekor qiladi.
Garovga qo'yilgan mol-mulkni realizatsiya qilishni kechiktirishga, agar kechiktirish ipotekaga oluvchining moliyaviy ahvoli jiddiy tarzda yomonlshuviga olib kelishi mumkin bo'lsa, yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn53-modda. Undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish ijrosini kechiktirish
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Fuqaro (shaxs) ipoteka qo'ygan bo'lsa va tadbirkorlik bilan bog'liq bo'lmasa, sud uzrli sabablar bo'lgan taqdirda undiruvni ijroga qaratishni bir yilgacha kechiktirishi mumkin. Bu vaqt davomida qarzdor foiz, neustoyka va zararlarni to'lashni davom ettiradi. Agar qarzdor kechiktirish muddatida qarzni to'lasa, sud undiruvni bekor qiladi.
Kimga tegishli
Bu huquq fuqaro (jismoniy shaxs) ipotekaga qo'yuvchiga tegishli.
Amalda
Oilaning yagona uyini ipotekaga qo'ygan fuqaro ishini yo'qotib, qiyin ahvolga tushdi. Sud uning arizasiga ko'ra undiruvni bir yilgacha kechiktirdi. Bu vaqtda u uy uchun foiz va neustoyka to'lashni davom ettiradi. Agar bir yil ichida qarzni to'lasa, uy sotilib ketmaydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.