Ipoteka ipoteka to'g'risidagi shartnoma asosida (shartnoma asosidagi ipoteka) yoki qonun asosida (qonun asosidagi ipoteka) vujudga keladi.
Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha bir taraf — ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha kreditor bo'lgan garovga oluvchi (bundan buyon matnda ipotekaga oluvchi deb yuritiladi) shu majburiyat bo'yicha o'zining qarzdorga nisbatan pul talablari boshqa tarafning — garovga qo'yuvchining (bundan buyon matnda ipotekaga qo'yuvchi deb yuritiladi) garovga qo'yilgan ko'chmas mulki qiymatidan ipotekaga qo'yuvchining boshqa kreditorlariga qaraganda imtiyozli qanoatlantirilish huquqiga ega bo'ladi, ushbu Qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.
Qonun asosidagi ipotekaga nisbatan unda ko'rsatilgan holatlar yuzaga kelganda, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, ipoteka to'g'risidagi shartnoma asosida vujudga keladigan ipoteka haqidagi qoidalar qo'llaniladi.
Ipoteka asosiy majburiyatdan hosila xususiyatiga ega va u asosiy majburiyat tugaguniga qadar haqiqiy bo'ladi.
Ipoteka bo'yicha munosabatlarga nisbatan, agar ushbu Qonunda boshqa qoidalar belgilanmagan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida va «Garov to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunidagi garov haqidagi umumiy qoidalar qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn«Ipoteka to'g'risida»gi qonun
3-modda. Ipotekaning vujudga kelishi asoslari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.