Agar ipotekaga qo'yuvchining ipoteka narsasi bo'lgan mol-mulkka bo'lgan mulk huquqi mol-mulkning jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yilishi (qayta sotib olinishi), rekvizitsiya yoki natsionalizatsiya qilinishi oqibatida qonunchilikda belgilangan tartibda tugatilsa va ipotekaga qo'yuvchiga boshqa mol-mulk berilsa yoki tegishli haq to'lansa, o'rniga-o'rin berilgan mol-mulkka nisbatan ipoteka joriy qilinadi yoxud ipotekaga oluvchi o'z talablarini ipotekaga qo'yuvchiga tegishi kerak bo'lgan haq summasidan imtiyozli qanoatlantirish huquqiga ega bo'ladi.
Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini hamda undiruvni ipotekaga qo'yuvchiga olib qo'yilgan mol-mulk o'rniga berilgan mol-mulkka qaratishni talab qilishga haqli.
Ipoteka narsasi bo'lgan mol-mulk amalda bu mol-mulkning mulkdori boshqa shaxs ekanligiga asosan (vindikatsiya) ipotekaga qo'yuvchidan qonunda belgilangan tartibda olib qo'yilgan hollarda ana shu mol-mulkka nisbatan ipoteka tugatiladi. Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini sudning tegishli qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn«Ipoteka to'g'risida»gi qonun
28-modda. Garovga qo'yilgan mol-mulkning majburiy ravishda olib qo'yilishi oqibatlari
(28-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 29 июндаги ЎРҚ-782-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.06.2022 й., 03/22/782/0576-сон — 2022 йил 1 октябрдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.