«Ipoteka to'g'risida»gi qonun

26-modda. Garovga qo'yilgan mol-mulkni tasarrufdan chiqarish to'g'risidagi qoidalarni buzish oqibatlari

Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulk, agar ipoteka to'g'risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ipotekaga qo'yuvchi tomonidan sotish, hadya etish, ayirboshlash orqali yoki o'zgacha usulda faqat ipotekaga oluvchining roziligi bilan tasarrufdan chiqarilishi mumkin. Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulk ipotekaga oluvchining roziligisiz tasarrufdan chiqarilgan taqdirda, agar ipoteka to'g'risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa yoki agar ipotekaga qo'yuvchining bunday huquqi garov xatida nazarda tutilmagan bo'lsa, ipotekaga oluvchi o'z tanloviga ko'ra: garovga qo'yilgan mol-mulkning tasarrufdan chiqarilishi to'g'risidagi bitimni haqiqiy emas deb topishni; ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini va kimga tegishliligidan qat'i nazar, undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratishni talab qilishga haqlidir. Bu holda, agar ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulkni oluvchi uni olayotgan paytda mol-mulk ushbu moddaning birinchi qismi talablari buzilgan holda tasarrufdan chiqarilayotganligini bilganligi yoki bilishi lozim ham bo'lganligi isbotlansa, bunday oluvchi ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bajarilmaganligi uchun shu majburiyat bo'yicha mazkur mol-mulk qiymati doirasida qarzdor bilan solidar javobgar bo'ladi. Agar garovga qo'yilgan mol-mulk ko'rsatilgan talablar ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzdor bo'lmagan ipotekaga qo'yuvchi tomonidan buzilgan holda tasarrufdan chiqarilgan bo'lsa, mol-mulkni oluvchi ham, dastlabki ipotekaga qo'yuvchi ham bu qarzdor bilan solidar javobgar bo'ladilar. Ipotekaga qo'yuvchi garovga qo'yilgan mol-mulkni vasiyat qilishga haqli. Ipoteka to'g'risidagi shartnoma yoki boshqa bitimning ipotekaga qo'yuvchining bu huquqini cheklaydigan shartlari o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.