Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulkdan foydalanish va uni saqlash qoidalari, shuningdek mazkur mol-mulkni asrash majburiyatlari ipotekaga qo'yuvchi tomonidan qo'pol ravishda buzilgan hamda bunday qoidabuzarlik garovga qo'yilgan mol-mulkning yo'qolishi yoki shikastlanishi xavfini keltirib chiqargan taqdirda, shuningdek garovga qo'yilgan mol-mulkni sug'urta qilish bo'yicha majburiyatlar buzilgan yoxud ipotekaga oluvchiga garovga qo'yilgan mol-mulkni tekshirishi asossiz ravishda rad etilgan taqdirda, ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga haqli. Agar bunday talabni qanoatlantirish rad etilsa, ipotekaga oluvchi undiruvni qonunchilikda belgilangan tartibda ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratishga haqli.
Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulkning tasodifan nobud bo'lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi, agar bunday shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ipotekaga qo'yuvchining zimmasida bo'ladi.
Agar ipotekaga oluvchi javobgar bo'lmagan holatlarga ko'ra garovdagi mol-mulk yo'qolgan yoki majburiyatni ipoteka bilan ta'minlash jiddiy tarzda yomonlashgan darajada shikastlangan bo'lsa, ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini, shu jumladan ushbu Qonunning 24-moddasiga muvofiq sug'urta tovoni hisobidan bajarilishini talab qilishga haqli.
Agar ipotekaga oluvchi bilan ipotekaga qo'yuvchi o'rtasida nobud bo'lgan yoki shikastlangan garovga qo'yilgan mol-mulkni tiklash yoxud almashtirish to'g'risida kelishuv tuzilgan va ipotekaga qo'yuvchi bu kelishuv shartlarini lozim darajada bajarayotgan bo'lsa, ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishiga doir huquqlarni amalga oshira olmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Ipoteka to'g'risida»gi qonun
23-modda. Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulkning asralishini lozim darajada ta'minlamaganlik oqibatlari
(23-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.