Yo'qolgan hujjatli garov xati bo'yicha huquqlarni tiklash ipotekaga qo'yuvchi tomonidan, agar u uchinchi shaxs (ashyoviy kafil) bo'lsa, shuningdek ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzdor tomonidan ham quyidagilarga asosan amalga oshiriladi:
agar ushbu Qonunning 19-moddasiga muvofiq binolar (inshootlar) garovi davlat reyestriga kiritilgan ma'lumotlar bo'yicha yo'qolgan garov xatiga yozib qo'yilgan garovga o'tkazishga doir barcha maxsus yozuvlarni aniqlash mumkin bo'lsa, mazkur reyestrda ipotekaga oluvchi sifatida ko'rsatilgan shaxsning ular nomiga yozilgan arizasi asosida;
yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni aniqlash to'g'risida sud chiqargan qaror asosida.
Ipotekaga qo'yuvchi, agar u uchinchi shaxs (ashyoviy kafil) bo'lsa, shuningdek ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzdor ham imkoni boricha qisqa muddatlarda hujjatli garov xatining dublikatini tuzishlari va uni ro'yxatdan o'tkazuvchi organga topshirishlari shart.
Ro'yxatdan o'tkazuvchi organ bir ish kuni ichida hujjatli garov xatining dublikatini rasmiylashtirishi shart, unda «dublikat» degan belgi bo'lishi kerak.
Hujjatli garov xatining dublikati ro'yxatdan o'tkazuvchi organ tomonidan hujjatli garov xatini yo'qotgan shaxsga topshirish orqali beriladi.
Hujjatli garov xatining dublikati yo'qolgan hujjatli garov xatiga to'liq muvofiq bo'lishi kerak.
Hujjatli garov xatining dublikati yo'qolgan garov xatiga muvofiq emasligi munosabati bilan yuzaga kelgan zararlar uchun javobgarlik ro'yxatdan o'tkazuvchi organ zimmasida bo'ladi. Agar bu nomuvofiqlik uchun hujjatli garov xati bo'yicha majburiyatli shaxslar javobgar bo'lsa, ular hujjatli garov xati dublikati qonuniy egasining ushbu hujjatli garov xati bo'yicha huquqlarni amalga oshirishini mazkur nomuvofiqlik munosabati bilan rad etishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn21-modda. Yo'qolgan hujjatli garov xati bo'yicha huquqlarni tiklash
(21-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 12 февралдаги ЎРҚ-1028-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 13.02.2025 й., 03/25/1028/0138-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Yo'qolgan garov xatining huquqlari qayta tiklash mumkin. Agar davlat reyestriga kiritilgan ma'lumotlar asosida barcha ma'lumotlar topilsa, ipotekaga oluvchining arziasi bilan yoki sud qaroriga asosan dublikat (nusxa) tuziladi. Ro'yxatdan o'tkazuvchi organ bir kun ichida dublikatni rasmiylashtiradi va "dublikat" belgisi qo'yadi.
**Kimga tegishli**
Bu huquq ipotekaga qo'yuvchi, qarzdor va ipotekaga oluvchiga tegishli.
**Amalda**
Shaxs o'z uyining garov xatini yo'qotdi. Davlat reyestriga murojaat qildi. Reyestr ma'lumotlarida hamma ma'lumot topilgani uchun dublikat tuzildi va bir kun ichida berildi. Dublikat asl garov xat kabi to'liq quvvatga ega.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.