Ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzdor, ipotekaga qo'yuvchi va garov xatining qonuniy egasi garov xatining ilgari belgilangan shartlarini kelishuvga ko'ra o'zgartirishlari mumkin. Bu holda, shuningdek ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarz boshqa shaxsga o'tkazilayotganda kelishuvda garov xatini bekor qilish va shu bilan bir vaqtda tegishli o'zgartirishlar hisobga olingan holda tuzilgan yangi garov xatini berish nazarda tutilishi kerak.
Elektron garov xatiga o'zgartirishlar kiritish garov xatining qonuniy egasi va garovga qo'yuvchi tomonidan elektron garov xatiga o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi kelishuv (qo'shimcha kelishuv) shaklini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida to'ldirish orqali amalga oshiriladi.
Garov xatining mazmunini o'zgartirish to'g'risidagi kelishuvni ariza beruvchi davlat ro'yxatidan o'tkazishni so'rab ro'yxatdan o'tkazuvchi organga murojaat etgan paytdan e'tiboran bir ish kuni ichida amalga oshirilishi kerak. Bunday kelishuvni davlat ro'yxatidan o'tkazish bepul amalga oshiriladi.
Hujjatli garov xati bekor qilingan va shu bilan bir vaqtda yangi garov xati berilgan taqdirda, ipotekaga qo'yuvchi ro'yxatdan o'tkazuvchi organga binolar (inshootlar) garovi davlat reyestriga o'zgartirishlar kiritish haqidagi ariza bilan birgalikda yangi garov xatini beradi, bu garov xati ipotekaga oluvchiga uning qonuniy egaligida turgan garov xati o'rniga topshiriladi.
Bekor qilingan hujjatli garov xati ro'yxatdan o'tkazuvchi organ idoraviy arxivida ipoteka to'g'risidagi qayd yozuvi o'chirilguniga qadar saqlanadi.
Bekor qilingan elektron garov xati o'rniga berilgan yangi elektron garov xati ro'yxatdan o'tkazuvchi organ tomonidan «Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi» aktsiyadorlik jamiyatiga va elektron garov xatining qonuniy egasiga yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn17-modda. Garov xatining shartlarini o'zgartirish
(17-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 12 февралдаги ЎРҚ-1028-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 13.02.2025 й., 03/25/1028/0138-сон)
Oddiy tilda
GAROV XATINING SHARTLARINI O'ZGARTIRISH
Nimani anglatadi
Garov xatining shartlari — ya'ni qarz miqdori, muddati, foiz stavkasi va boshqa muhim shartlarini — qarzdor, qarz beruvchi va garov xatining egasi o'rtasida kelishuvga ko'ra o'zgartirishga bo'ladi. Agar qarz boshqa shaxsga o'tkazilsa, eski garov xati bekor qilinib, yangi garov xati tuziladi. Elektron garov xatiga o'zgartirishlar davlat portalida qo'shimcha kelishuv orqali kiritiladi.
Kimga tegishli
Bu huquq qarzdor, qarz beruvchi va garov xatining qonuniy egasiga tegishli.
Amalda
Siz bankdan 500 million so'm qarz olib, uyingizni garov qo'ydingiz. Agar qarz muddatini uzaytirish yoki foiz stavkasini pasaytirishni xohlasangiz, bank bilan kelishuvga ko'ra garov xatining shartlarini o'zgartirishingiz mumkin. Yangi kelishuv davlat ro'yxatidan bir ish kuni ichida bepul o'tkaziladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.