«Ipoteka to'g'risida»gi qonun

14-modda. Ipotekaga oluvchining garov xati bo'yicha huquqlari

(14-модда учинчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 12 февралдаги ЎРҚ-1028-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 13.02.2025 й., 03/25/1028/0138-сон)

Ipotekaga oluvchining ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha va ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha huquqlari, agar ushbu Qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin. Garov xatida, agar ushbu Qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, ipotekaga oluvchining qonun asosidagi ipoteka bo'yicha va mazkur ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha huquqlari tasdiqlanishi mumkin. Garov xati egasining nomi yozilgan noemissiyaviy qimmatli qog'oz bo'lib, u garov xati qonuniy egasining quyidagi huquqlarini tasdiqlaydi: ipoteka bilan ta'minlangan pul majburiyatining, shu majburiyat mavjudligining boshqa dalillarini taqdim etmagan holda bajarilishiga erishish huquqi; ipoteka belgilangan mol-mulkka bo'lgan garov huquqi. Ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzdor va (yoki) ipotekaga qo'yuvchi garov xati bo'yicha majburiyatli shaxslardir. Garov xati ipotekaga qo'yuvchi tomonidan, agar u bu majburiyatda ishtirok etmaydigan uchinchi shaxs (ashyoviy kafil) bo'lsa, shuningdek ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzdor tomonidan qog'oz (bundan buyon matnda hujjatli garov xati deb yuritiladi) yoki elektron (bundan buyon matnda elektron garov xati deb yuritiladi) shaklda tuziladi va ro'yxatdan o'tkazuvchi organga yuboriladi. Elektron garov xati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron garov xati shaklini to'ldirish orqali rasmiylashtiriladi. Garov xati ro'yxatdan o'tkazuvchi organ tomonidan ipoteka davlat ro'yxatidan o'tkazilganidan keyin rasmiylashtiriladi. Hujjatli garov xati rasmiylashtirilganidan keyin dastlabki ipotekaga oluvchiga beriladi. Elektron garov xati rasmiylashtirilganidan keyin «Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi» aktsiyadorlik jamiyatiga va dastlabki ipotekaga oluvchiga yuboriladi. Hujjatli garov xatini saqlash va u bo'yicha huquqlarning hisobi ipotekaga oluvchi tomonidan, elektron garov xatini saqlash va u bo'yicha huquqlarning hisobi esa «Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi» aktsiyadorlik jamiyati tomonidan yuritiladi. Ushbu Qonunda nazarda tutilgan hujjatli garov xati to'g'risidagi qoidalar, agar elektron garov xatining mohiyatidan boshqacha tartib kelib chiqmasa, elektron garov xatiga nisbatan ham qo'llaniladi. Elektron garov xatini berish, saqlash, unga bo'lgan huquqlarni hisobga olish hamda unga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish tartibi qonunchilikda belgilanadi. Garov xatlari berilishi ularning emissiyasi hisoblanmaydi va qimmatli qog'ozlar to'g'risidagi qonunchilik talablariga muvofiq davlat ro'yxatidan o'tkazilmaydi. Garov xati ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bajarilguniga qadar istalgan paytda tuzilishi va ipotekaga oluvchiga berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.