Экономический процессуальный кодекс

95-modda. Da'voni ta'minlash to'g'risidagi ariza

Da'voni ta'minlash to'g'risidagi ariza sudga da'vo arizasi bilan bir vaqtda yoki ishni yuritish jarayonida berilishi mumkin. Da'voni ta'minlash to'g'risidagi arizada quyidagilar ko'rsatilishi kerak: 1) ariza berilayotgan sudning nomi; 2) taraflarning nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) va yashash joyi; 3) nizo predmeti; 4) da'voni ta'minlash chorasini ko'rish zaruriyatining asosi; 5) da'vogar qabul qilishni so'rayotgan da'voni ta'minlash chorasining turi; 6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro'yxati. Da'voni ta'minlash to'g'risidagi arizada boshqa ma'lumotlar ham ko'rsatilishi mumkin. Da'voni ta'minlash to'g'risidagi ariza da'vogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan arizaga ishonchnoma yoki uning arizani imzolashga bo'lgan vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinadi. Da'voni ta'minlash to'g'risidagi iltimosnoma da'vo arizasida bayon etilishi mumkin. Agar da'voni ta'minlash to'g'risidagi iltimosnoma da'vo arizasida bayon etilsa, mazkur iltimosnomada ushbu modda ikkinchi qismining 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan ma'lumotlar ko'rsatilgan bo'lishi lozim. Hakamlik sudida ko'rilayotgan da'voni ta'minlash to'g'risidagi arizaga hakamlik sudiga da'vo taqdim etilganligining dalillari ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.