Экономический процессуальный кодекс

92-modda. Sud topshirig'ini bajarish tartibi

Sud topshirig'i ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo'yicha sud majlisida bajariladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlis vaqti va joyi to'g'risida xabardor qilinadi, biroq ularning kelmaganligi majlisni o'tkazishga to'sqinlik qilmaydi. Sud topshirig'ining ijrosi to'g'risida ajrim chiqarilib, u ishni ko'rayotgan sudga darhol barcha materiallar bilan birga yuboriladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, sud topshirig'ini bajargan sudga tushuntirish yoki ko'rsatuvlar bergan guvohlar ishni ko'rayotgan sud majlisida o'zlari ishtirok etgan taqdirda, umumiy tartibda tushuntirishlar va ko'rsatuvlar beradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.