Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ish uchun ahamiyatli bo'lgan o'zlariga ma'lum holatlar to'g'risidagi tushuntirishlari tekshirilishi va boshqa dalillar bilan birga baholanishi lozim. Ishda ishtirok etuvchi shaxs sudning taklifiga ko'ra o'z tushuntirishlarini yozma shaklda bayon qilishi mumkin.
Boshqa shaxs o'z talablarini yoki e'tirozlarini asoslayotgan faktlarning ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan tan olinishi sud uchun majburiy emas.
Agar faktni tan olish ishning holatlariga muvofiq ekanligiga va aldash, zo'rlik ishlatish, qo'rqitish, chalg'itish ta'sirida yoki haqiqatni yashirish maqsadida qilinmaganligiga sudda shubha tug'ilmasa, u tan olingan faktni aniqlangan deb hisoblashi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
89-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.