Ekspert yoki ekspertlar komissiyasi tekshirishlarni o'tkazib bo'lganidan keyin tegishincha ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir ekspert imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi.
Xulosada: ekspertiza o'tkazilgan sana va joy; ekspertizani o'tkazish asosi; ekspertizani tayinlagan sudya to'g'risidagi ma'lumotlar; ekspert to'g'risidagi (familiyasi, ismi, otasining ismi, ma'lumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani o'tkazish topshirilgan tashkilot haqidagi ma'lumotlar; ekspertning bila turib noto'g'ri xulosa berganlik, ish yopiq sud majlisida ko'rilganda yopiq sud majlisi muhokamasi ma'lumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik to'g'risida ogohlantirilganligi; ekspertning oldiga qo'yilgan masalalar; ekspertga taqdim etilgan tekshirish ob'yektlari va ish materiallari; ekspertiza o'tkazilayotganda hozir bo'lgan shaxslar haqidagi ma'lumotlar; tekshirishlarning qo'llanilgan usullar ko'rsatilgan holdagi mazmuni va natijalari, shuningdek bu tekshirishlar, agar ekspertlar komissiyasi ishlagan bo'lsa, kim tomonidan o'tkazilganligi; tekshirish natijalarining baholanishi, qo'yilgan savollarga berilgan asosli javoblar; ish uchun ahamiyatga molik bo'lgan va ekspertning tashabbusiga ko'ra aniqlangan holatlar aks ettirilgan bo'lishi kerak.
Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi bo'lib xizmat qiladi. Tekshirishning olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotida yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilotda qonunchilikda belgilangan muddatlarda saqlanadi. Ular ekspertizani tayinlagan sudning talabiga binoan ishga qo'shib qo'yish uchun taqdim etiladi.
Agar taqdim etilgan tekshirish ob'yektlarining, materiallarning yoki ekspertning maxsus bilimlari yetarli emasligi tekshirish davomida ma'lum bo'lib qolsa, xulosa qo'yilgan ayrim savollarga javob berishni rad etish asosini o'z ichiga olgan bo'lishi kerak.
Tekshirish tugaganidan so'ng xulosa, tekshirish ob'yektlari va ish materiallari ekspertizani tayinlagan sudga yuboriladi.
Xulosa sud majlisida tekshiriladi hamda boshqa dalillar bilan bir qatorda baholanadi.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
86-modda. Ekspertning yoki ekspertlar komissiyasining xulosasi
(86-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 26 сентябрдаги ЎРҚ-1084-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.09.2025 й., 03/25/1084/0874-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.