Экономический процессуальный кодекс

78-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash

Ashyoviy dalillar sudda saqlanadi. Sudga keltirib bo'lmaydigan ashyoviy dalillar turgan joyida saqlanadi. Ular batafsil tavsiflanishi, zarur bo'lgan taqdirda esa muhrlab qo'yilishi, fotosuratga yoki videoyozuvga tushirilishi lozim. Sud va saqlovchi ashyoviy dalillarni o'zgarmaydigan holatda saqlash choralarini ko'radi. Ashyoviy dalillarni saqlash xarajatlari ushbu Kodeksning 118-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq taraflar o'rtasida taqsimlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.