To'la muomala layoqatiga ega bo'lmagan yoxud vasiylik yoki homiylik ostidagi shaxslar sudda vakil bo'la olmaydi.
Sudyalar, tergovchilar, surishtiruvchilar, prokurorlar va sud devoni xodimlari sudda vakil bo'la olmaydi. Mazkur shaxslar sud protsessida tegishli sudlarning, prokuratura organlarining vakili sifatida yoki qonuniy vakil sifatida ishtirok etayotgan hollarga nisbatan ushbu qoida tatbiq etilmaydi.
Hakamlik yoki arbitraj muhokamasi davomida ayni shu nizo bilan bog'liq holda hakamlik sudyasi yoki arbitr sifatida ishtirok etgan shaxslar taraflarning vakili bo'la olmaydi.
Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish chog'ida ayni shu nizo bilan bog'liq holda mediator sifatida ishtirok etgan shaxslar vakil bo'lishi mumkin emas, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan va mediatorning ishtiroki yuzasidan o'zaro rozilik bo'lgan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
65-modda. Sudda vakil bo'la olmaydigan shaxslar
(65-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-1141-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.04.2026 й., 03/26/1141/0403-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 24 июль)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.