Экономический процессуальный кодекс

61-modda. Vakillar orqali ish yuritish

(61-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Sudda yuridik shaxslarning ishlarini ularning qonunchilikda yoki ta'sis hujjatlarida berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladigan organlari va (yoki) vakillari yuritadi. Fuqarolar o'z ishlarini sudda shaxsan o'zlari va (yoki) vakillari orqali yuritishga haqlidir. Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish bo'yicha vakilga ega bo'lish huquqidan mahrum qilmaydi. Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, vasiylar yoki homiylar) himoya qiladi. Qonuniy vakillar sudda ish yuritishni o'zlari tanlagan vakilga topshirishi mumkin. Agar qonunda bu bevosita nazarda tutilmagan bo'lsa, quyidagilar shartnoma bo'yicha (ixtiyoriy) vakillar bo'lishi mumkin: 1) advokatlar; 2) yuridik shaxslarning xodimlari — shu yuridik shaxslarning ishlari bo'yicha; 3) notijorat tashkilotlarining vakolatli vakillari — shu tashkilotlar a'zolarining ishlari bo'yicha; 4) qonunda boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarining vakolatli vakillari; 5) birgalikdagi protsessual ishtirokchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning topshirig'i bo'yicha; 6) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosiga binoan sud tomonidan ruxsat berilgan boshqa shaxslar. Sudda vakil sifatida ishlarni yuritish bo'yicha professional faoliyat bilan faqat advokatlar shug'ullanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.