Mutaxassis sifatida chaqirilgan shaxs: qanday maqsadda chaqirilganligini bilish; agar tegishli bilim va malakaga ega bo'lmasa, ish yuritishda ishtirok etishni rad qilish; sudning ruxsati bilan protsessual harakat ishtirokchilariga savollar berish; protsessual harakat ishtirokchilarining e'tiborini o'zining dalillarni to'plash, tekshirish va baholashda, ilmiy-texnika vositalarini qo'llashda, ekspertiza tayinlash uchun materiallar tayyorlashda ko'maklashish chog'idagi harakatlari bilan bog'liq holatlarga qaratish; o'zi ishtirok etgan protsessual harakat bayonnomasi, shuningdek sud majlisi bayonnomasining tegishli qismi bilan tanishish va uning ishtirokida amalga oshirilgan harakatlarning kechishi hamda natijalari qayd qilinishining to'liqligi va to'g'riligi xususida bayonnomaga kiritilishi lozim bo'lgan arzlar va fikrlarni bildirish; agar ish yuritishda ishtirok etish uning xizmat vazifalari doirasiga kirmasa, protsessual harakatlarni amalga oshirishdagi ishtiroki bilan bog'liq xarajatlar o'rni qoplanishi va bajargan ishi uchun pul mukofoti olish huquqiga ega.
Mutaxassis etib tayinlangan shaxs: sudning chaqiruvi bo'yicha kelishi; protsessual harakatlarni amalga oshirishda va sud muhokamasida maxsus bilim, malaka va ilmiy-texnika vositalaridan foydalangan holda ishtirok etishi; maslahatlar berishi; o'zi bajarayotgan harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berishi; yopiq sud majlisi muhokamasi ma'lumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmasligi shart.
Agar mutaxassis sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko'ra sud chaqiruvi bo'yicha kelmasa, shuningdek maslahatlar (tushuntirishlar) berishni asossiz ravishda rad etsa, unga nisbatan ushbu Kodeksning 14-bobida belgilangan tartibda sud jarimasi solinishi mumkin.
Jarima solinishi mutaxassisni kelish va maslahatlar (tushuntirishlar) berish majburiyatidan ozod qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
58-modda. Mutaxassisning huquq va majburiyatlari
(58-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 26 сентябрдаги ЎРҚ-1084-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.09.2025 й., 03/25/1084/0874-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.