Экономический процессуальный кодекс

45-modda. Ishga daxldor bo'lmagan javobgarni almashtirish

Sud da'vo bo'yicha javob berishi lozim bo'lmagan shaxsga nisbatan da'vo taqdim etilganligini aniqlasa, ishga daxldor bo'lmagan javobgarni hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar da'vogarning roziligi bilan ishga daxldor javobgar bilan almashtirishga yo'l qo'yishi mumkin. Agar da'vogar javobgarni boshqa shaxs bilan almashtirishga rozi bo'lmasa, sud bu shaxsni da'vogarning roziligi bilan ikkinchi javobgar sifatida ishga jalb etishi mumkin. Ishga daxldor bo'lmagan javobgar almashtirilganligi to'g'risida sud ajrim chiqaradi. Ishga daxldor bo'lmagan javobgar almashtirilganidan so'ng ishni ko'rish boshidan boshlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.