Экономический процессуальный кодекс

38-modda. Shartnoma bo'yicha sudlovga tegishlilik

(38-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 14 августдаги ЎРҚ-1165-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2026 й., 03/26/1165/0841-сон)

Ushbu Kodeksning 33 va 34-moddalarida belgilangan sudlovga tegishlilik taraflarning kelishuviga ko'ra o'zgartirilishi, shu jumladan eksterritorial sudlovga tegishlilik tanlanishi mumkin. Eksterritorial sudlovga tegishlilik bo'yicha kelishuv mavjud bo'lgan taqdirda, da'vo arizasi ushbu Kodeksning 33 yoki 34-moddalarida nazarda tutilgan sudga taqdim etiladi. Ishni ko'radigan sudni aniqlash avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ushbu Kodeksning 33 va 34-moddalarida ko'rsatilgan sudning tanlanishi istisno etiladigan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.