Ijro ishini yuritishni to'xtatgan sud ijro ishini yuritishni uni to'xtatishga asos bo'lgan sabablar yoki holatlar bartaraf etilganidan keyin undiruvchining, davlat ijrochisining arizasi bo'yicha tiklaydi.
Ijro ishini yuritishni tiklash to'g'risidagi ariza u kelib tushgan kundan e'tiboran o'n kunlik muddatda, taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasisiz sud tomonidan ko'rib chiqiladi.
Arizani ko'rib chiqish natijalari bo'yicha ajrim chiqarilib, uning ko'chirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek davlat ijrochisiga yuboriladi.
Ijro ishi yuritishni tiklashni rad etish to'g'risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
346-modda. Ijro ishini yuritishni tiklash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.