Agar ijro etilgan sud hujjati o'zgartirilib yoki bekor qilinib, da'voni to'liq yoki qisman rad etish to'g'risida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoki da'vo ko'rmasdan qoldirilsa, bekor qilingan yoki tegishli qismi o'zgartirilgan sud hujjati bo'yicha da'vogar foydasiga undirilgan hamma narsa javobgarga qaytariladi.
Agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilinib yoki o'zgartirilib, da'voni to'liq yoki qisman rad etish to'g'risida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoki da'vo ko'rmasdan qoldirilsa, sud bekor qilingan yoki tegishli qismi o'zgartirilgan sud hujjati bo'yicha undirishni to'liq yoxud qisman bekor qilish haqida sud hujjatini qabul qiladi.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
343-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.