Экономический процессуальный кодекс

34-modda. Da'vogarning tanlovi bo'yicha sudlovga tegishlilik

(34-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 14 августдаги ЎРҚ-1165-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2026 й., 03/26/1165/0841-сон)

Turli yerlarda joylashgan bir necha javobgarga nisbatan da'volar da'vogarning tanlashi bo'yicha javobgarlardan biri davlat ro'yxatidan o'tgan joydagi sudga taqdim etiladi. Davlat ro'yxatidan o'tgan joyi noma'lum bo'lgan javobgarga nisbatan da'volar uning mol-mulki joylashgan yerdagi yoki uning ma'lum bo'lgan oxirgi joylashgan yeridagi sudga taqdim etilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bo'lgan va boshqa davlat hududida turgan javobgarga nisbatan da'volar da'vogar joylashgan yerda yoki javobgarning mol-mulki joylashgan yerda taqdim etilishi mumkin. Ijro etish joyi ko'rsatilgan shartnomadan kelib chiqadigan da'volar majburiyat ijro etiladigan joy bo'yicha taqdim etilishi mumkin. Yirik investor bo'lmagan investorning investitsiya faoliyati bilan bog'liq da'volar javobgar joylashgan yerdagi tumanlararo iqtisodiy sudga yoki Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga taqdim etilishi mumkin. Yirik investorning investitsiya faoliyati bilan bog'liq da'volar, shuningdek tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan da'volar javobgar joylashgan yerdagi tumanlararo iqtisodiy sudga yoki O'zbekiston Respublikasi Oliy sudiga taqdim etilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.