Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi ariza sudga yozma shaklda beriladi. Ariza uni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Arizada quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
3) arizachi yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rishni talab qilayotgan sud hujjatini qabul qilgan sudning nomi, ishning raqami, sud hujjati qabul qilingan sana, nizo predmeti;
4) arizachining hujjatlarga havola qilingan fikri bo'yicha sud hujjatini qayta ko'rish uchun asos bo'ladigan yangi ochilgan holat;
5) ariza berayotgan shaxsning talabi;
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro'yxati.
Arizaga quyidagilar ilova qilingan bo'lishi kerak:
1) yangi ochilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning ko'chirma nusxalari;
3) ariza va hujjatlarning ko'chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat;
4) sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi ariza vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uni imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
329-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi arizaning shakli va mazmuni
(329-модда учинчи қисмининг 2-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 16 сентябрдаги ЎРҚ-716-сонли Қонунига асосан чиқарилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.09.2021 й., 03/21/716/0877-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.