Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish uchun asoslar quyidagilardan iborat:
1) sud hujjati qabul qilingan paytda mavjud bo'lgan, lekin arizachiga ma'lum bo'lmagan va ma'lum bo'lishi mumkin bo'lmagan, ish uchun muhim holatlar;
2) ekspertning bila turib yolg'on xulosa berganligi, guvohning bila turib yolg'on ko'rsatuvlar berganligi, bila turib noto'g'ri tarjima qilinganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan bo'lsa va mazkur ish bo'yicha qonunga xilof yoki asoslanmagan sud hujjati qabul qilinishiga sabab bo'lgan bo'lsa;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining yoxud sudyaning mazkur ishni ko'rish chog'ida sodir etilgan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan aniqlangan jinoiy qilmishlari;
4) iqtisodiy sudning, fuqarolik ishlari bo'yicha sudning, jinoyat ishlari bo'yicha sudning yoki ma'muriy sudning mazkur ish bo'yicha sud hujjatini qabul qilishga asos bo'lgan sud hujjati yoxud boshqa organning shunday hujjati bekor qilinganligi.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
327-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish asoslari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.