Экономический процессуальный кодекс

324⁷-modda. Ishni taftish tartibida ko'radigan sudning vakolatlari

Ishni taftish tartibida ko'radigan sud taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko'rish natijalari bo'yicha: 1) hal qiluv qarorini, qarorni o'zgarishsiz qoldirishga; 2) hal qiluv qarorini, qarorni to'liq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga; 3) ushbu Kodeks 302-moddasi beshinchi qismining 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo'lganda, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan ko'rish uchun sud hujjati bekor qilingan apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudiga yuborishga; 4) hal qiluv qarorini, qarorni o'zgartirishga; 5) hal qiluv qarorini to'liq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud da'voni to'liq yoki qisman ko'rmasdan qoldirishga; 6) ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish bo'yicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini o'z kuchida qoldirishga; 7) ushbu Kodeks 302-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo'lgan taqdirda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko'ra boshqa sudga yuborishga haqli. Sud xarajatlarini taqsimlash to'g'risidagi masala hal qilinmaganligi yoki noto'g'ri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki o'zgartirish uchun asos bo'lmaydi. Bunday holda qarorning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 118-moddasida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.