Ishda ishtirok etuvchi shaxs taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) ko'chirma nusxasini olganidan keyin uning yuzasidan yozma fikrini hamda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ushbu yozma fikrning ko'chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taftish tartibidagi shikoyat (protest) ko'rib chiqiladigan kunga qadar yetib borishini ta'minlaydigan muddatda, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish to'g'risida ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran yigirma kundan kechiktirmay sudga yuborishga haqli.
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) yuzasidan yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga vakolati borligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
322-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) yuzasidan yozma fikr bildirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.