Экономический процессуальный кодекс

310-modda. Taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati

Taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e'tiboran bir yil ichida beriladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga taftish tartibidagi shikoyat (protest) berish muddati kassatsiya instantsiyasi sudi tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar o'tgan bo'lsa, taftish tartibdagi shikoyat (protest) kassatsiya instantsiyasi sudi qaror qabul qilgan kundan e'tiboran uch oy ichida berilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'atiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan ishni taftish tartibida ko'rish natijalari bo'yicha qaror qabul qilinguniga qadar o'tgan bo'lsa, taftish tartibidagi shikoyat (protest) ushbu sudlar tomonidan ishni ko'rish natijalari bo'yicha qaror qabul qilingan kundan e'tiboran uch oy ichida berilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Bosh prokurorining protesti ushbu Kodeks 307-moddasi birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko'rsatilgan shaxslarning murojaati kelib tushgan kundan e'tiboran uch oy ichida, lekin O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'ati tomonidan ishni taftish tartibida ko'rish natijalari bo'yicha qaror qabul qilingan kundan e'tiboran olti oydan ortiq bo'lmagan muddatda kiritilishi mumkin. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) berishning o'tkazib yuborilgan muddati taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi bo'yicha sud tomonidan, agar iltimosnoma shikoyatni (protestni) berish muddati o'tgan kundan e'tiboran uch oydan kechiktirmay berilgan va taftish tartibida shikoyatni (protestni) berish muddati o'tkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan bo'lsa, tiklanishi mumkin. Ushbu moddaning beshinchi qismida ko'rsatilgan muddat o'tgandan keyin berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ko'rib chiqilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.